avatar
Куч
0.10
Рейтинг
+0.04

Мақолалар

Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан


Reja:
 
1. Bobom va buvimning mahalladagi o’rni.
2. 2015-yilning«Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilinishi.
 
Xotira muqaddas
 
G'anim poylab ko'ksimdan otdi,
Sog'inchlarim toshdayin qotdi.
Tunlar cho'kdi, tonglar ham otdi.
Men qaytmasman Afg'onistondan.
 
Mustaqillikka erishmasimizdan burun hayot-mamot jangi bo'lgan. Bu urushda necha minglab bobolarimiz safarbar qilinganlar.

«Mening bobom mahallamiz faxri»

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан


Reja:
1.     Sinovlarda sinalgan bobom.
2.     Bobolarimiz hayoti — ibrat maktabi.
3.     Qari bilganni pari bilmas.
4.     Yurtimizda e’zozlanar keksalar.
 
Nuroniy otaxon yoki onaxonlarni ko’z oldimizga keltirganimizda oq soqoli, yuzidan nur, yuzidagi chiziqlar o’ziga yarashgan, o’zgacha mehr bor insonlar ko’z oldimizda gavdalanadi. Bobolarimiz bizdan keyin avlodlarimiz tinch yashasin, komil inson bo’lsin deb, jonlarini xatrga qo’yib, jon berganlar qancha, bu beomon urushdan jiddiy jarohatlar o’tkazmadi deysiz.

“Mening bobom,buvim- mahallamiz faxri”

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан


 
 
 
Reja:
 
1.     Qarisi bor uyning parisi bor!
2.     Mehribon buvijonim…
3.     Keksalarni e’zozlab yashang!
           
Qachonlardir bizdek edilar,
Elning yurtning g’amin yedilar,
Neki, balo ko’krak kerdilar ,
Yoshliklarin bizga berdilar,
Har bir tongni savobdan boshlang.
Keksalarni e’zozlab yashang!

Mening bobom, buvim - mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан


Reja:
 1.     Mening bobom faxrli inson.
2.     Yurtimizda keksalarga yaratilgan shart-sharoitlar.
3.     Keksalar haqida rivoyat.
4.     Qariyalarning o’gitlari-yu, hikmatli so’zlari haqida.
 
         Men bobomni juda-juda yaxshi ko’raman, hurmat qilaman, ularni o’gitlariga,
Nasihatlariga quloq solaman. Men ularni og’irini yengil qilishni istayman. Har bir inson borki, unga biror kim mehr-muruvvat ko’rsatishini, ardoqlashini xohlamasa,shuning uchun ham buvi va bobolarimizga mehr ko’rsataylik.

BOBOM, BUVIM – MAHALLAM FAXRI

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан


KASBI TUMAN 49-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
IX SINF O’QUVCHISI BO’RONOVA MADINA
 
BOBOM,  BUVIM – MAHALLAM FAXRI
REJA:
1.    Bobom va buvim oilamiz qo’rg’oni.
2.    Bobom,  buvim – mahallam faxri.
3.    Yurtimizda qariyalar doimo e’zozda.
4.    Qarisi bor uyning  parisi bor.
5.    Xulosa.

KASBI TUMAN 13- UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABINING IX “A” SINF O`QUVCHISI QUDRATOVA SHOXISTA

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан


KASBI TUMAN 13- UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABINING IX “A” SINF O`QUVCHISI
QUDRATOVA SHOXISTA
 
 Mavzu: MENING  BOBOM,  buvim – MAHALLAMIZ FAXRI
 Reja:
1.     Qarisi bor uyning parisi bor.
2.     Bobojonim mahallamiz faxri.
3.     Bobojonim qilgan  xayrli ishlar.
4.     Yurtimizda  qariyalarga bo`lgan e`tibor.

KASBI TUMAN 10-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI VIII SINF O’QUVCHISI BEGIMQULOVA FERUZA Mening bobom,buvim-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан


KASBI TUMAN 10-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI VIII SINF O’QUVCHISI BEGIMQULOVA FERUZA
Mening bobom,buvim-mahallamiz faxri

Reja:
1.Mahalla-tarbiya o’chog’i
2.Keksalar-mahallamiz faxri
3.Bobo va buvilar nasihati bilan obod mahallam!

Bugun yurtimiz tinch,mahallamiz obod,oilamiz totuv.Har qaysi millat Vatanining rivoji asnosida tinchlik,o’ziga xos ma’naviyatining shakllantirish va yuksaltirishida oilaning o’rni beqiyosdir.
Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari,ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari albatta,oila bag’rida shakllanadi.Ana shu oilalarni birlashtiruvchi yana bir tushuncha borki,unison dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar-yaxshilik,ezgulik,olijanoblik mehr-oqibat,or-nomus,andisha,o’zaro totuvlik,obod turmush tarzida faollik kabi muqaddas tushunchalar poydevori bo’lib xizmat qiladi.Albatta,bu-mahalla bo’lib,bir necha oilalar yig’indisidan tashkil topadi.Bizning yurtimizda mahalla obodonligi uchun turli tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KASBI TUMAN 10-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI IX-SINF O’QUVCHISI TOSHBUXOROV DILSHOD Mening buvim va bobom-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан


KASBI TUMAN 10-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
IX-SINF O’QUVCHISI TOSHBUXOROV DILSHOD
 
Mening buvim va bobom-mahallamiz faxri
Reja:
1. Ajdodlarim makon tutgan yurt!
2. Qadriyatlar beshigidir,mening mahallam
3. Keksalar mahallamiz-faxri
4. Bobom va buvim mahallamiz maslahatgo’ylari

MENING BOBOM, BUVIM-MAHALLAMIZ FAXRI

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Mening buvim va bobom-mahallamiz faxri
Reja:
1. Ajdodlarim makon tutgan yurt!
2. Qadriyatlar beshigidir,mening mahallam
3. Keksalar mahallamiz-faxri
4. Bobom va buvim mahallamiz maslahatgo’ylari

Bizning yurtimiz qadim-qadimdan shakllangan va o’zining boy tarixiga ega bo’lgan yurt hisoblanadi.Bu yurtdan buyuk muallimlar, allomalar, shoir va yozuvchilar yetishib chiqqan. Xalqimiz qadim-qadimdan hunarmandchilik,kulolchilik,duradgorlik kabi kasblar bilan shug’ullanishgan…
Ha,bizning muqaddas zaminimizda tavallud topib,voyaga yetgan,o’z hayoti va faoliyati bilan nafaqat tarixda,bashariyatning balki bugungi sahifalarida ham o’chmas iz qoldirgan alloma-yu avliyolarimiz soni anchagina.Bunday ulug’ zotlarning eng buyuk namoyondalari timsolida ma’rifat va ilm-u fan,madaniyat,din kabisohalarining barchasini o’zida uyg’unlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami naqadar keng ekanligi bizga qoldirgan bebaho ma’naviy boyliklaridan ma’lum.
Biz Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Toshqo’rg’on qishlog’ida yashaymiz.Bizning ajdodlarimiz Yakkabog’ tumaniga qarashli Toshqo’rg’on qishlog’ida yashagan. 1976-yil tog’ zonasini qo’riqxonaga aylantirish maqsadida Kasbi tumaniga ko’chirishgan.Hozirda qishlog’imiz aholisi avvalgiga nisbatan ko’payib,to’rtta mahalliy hududga bo’lingan.
Mahalla haqida gapiradigan bo’lsak,o’zbek mahallasi azaldan chinakamqadriyatlar maskani bo’lib kelgan.O’zaro mehr-oqibat,ahillik va totuvlik,yordamga muhtojlarga muruvvat ko’rsatish, yetim-yesirning boshini silash,to’y-tomosha va ma’raka,hasharlarni ko’pchilik bilan bamaslahat o’tkazish,yaxshi va yomon kunlarida doim birga bo’lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar,avvalo,mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan.Vatan obod bo’lishi uchun avvalo, oila, mahalla obod bo’lishi lozim.
Davlatimizda mahalla birinchi marta “mahalla”tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib,uning jamiyat boshqaruvidagi o’rni va maqomi belgilab qo’yilgan.
Ana shunday mahallalardan biri bizning”Kunbotar”nomli mahallamiz bo’lib,u obod mahallalar sirasiga kiradi.Mahallamizda to’y-ma’raka yoki turli mavzuda yig’inlar tashkil etilsa,albatta,keksa nuroniylarimiz bilan hamjihatlikda maslahatli ish olib boradilar.Yoshi ulug’,ko’pni ko’rgan bobolarimiz o’z hayotiy tajribalariga suyanib, to’g’ri yo’lni ko’rsata biladilar.Mahalla oqsoqollari kengashida ham keksa nuroniy bobolarimiz faoliyat yuritadilar.Hozirgi kunda mahallamiz yo’llarida asfalt qilish harakatlari amalga oshirilmoqda,har bir xonadon tozaligi nazorat ostida bo’lib,yordamga muhtoj oilalarga moddiy yordamlar ko’rsatilmoqda.Buvilarimiz milliy kashtachilik sirlarini qizlarga o’rgatib,qadriyatlarimizni shakllantirishda yordam bermoqdalar.Kelin tushgan xonadonda,albatta,buvilarimiz tashrif buyurib,o’z maslahatlari bilan barchaning dilini shod qilib yuradilar. Mening bobom va buvim ham shular jumlasiga kiradilar.Ular mahallada qanday tadbirlar uyushtirilsa,bariga bosh-qosh bo’ladilar.”Qarisi bor uyning parisi bor”,-deydi dono xalqimiz.Ha,darhaqiqat,keksalar bizning faxrimiz,ularning borligi bizning yutug’imiz.Ular bergan nasihatlarini bajonidil tinglab,doim amal qilib yashaylik.

QASHQADARYO VILOYAT KASBI TUMAN 10-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI IX SINF O’QUVCHISI TOSHBUXOROV DILSHOD

Mening bobom,buvim-mahallamiz faxri

Reja:
1.Mahalla-tarbiya o’chog’i
2.Keksalar-mahallamiz faxri
3.Bobo va buvilar nasihati bilan obod mahallam!

Bugun yurtimiz tinch,mahallamiz obod,oilamiz totuv.Har qaysi millat Vatanining rivoji asnosida tinchlik,o’ziga xos ma’naviyatining shakllantirish va yuksaltirishida oilaning o’rni beqiyosdir.
Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari,ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari albatta,oila bag’rida shakllanadi.Ana shu oilalarni birlashtiruvchi yana bir tushuncha borki,unison dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar-yaxshilik,ezgulik,olijanoblik mehr-oqibat,or-nomus,andisha,o’zaro totuvlik,obod turmush tarzida faollik kabi muqaddas tushunchalar poydevori bo’lib xizmat qiladi.Albatta,bu-mahalla bo’lib,bir necha oilalar yig’indisidan tashkil topadi.Bizning yurtimizda mahalla obodonligi uchun turli tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Jumladan 2013-2017-yillarda “Zamonaviy mahalla”yagona arxetiktura asosida :mahalla aholi xonadonlari,ichki ko’chalari,kapital ta’mirlanib,barcha mahalla hududida manzarali,mevali daraxt ko’chatlari ekish va boshqa obodonchilik ishlarini amalga oshirish ko’zda tutilgan.Davlat dasturiga mahallalarni yanada obod qilish,tozaligini ta’minlash maqsadida chiqindi tashlash joylarini rekonstruksiya qilish va chiqindilarni qayta ishlashni tashkil etish kiritilgan.
Bugungi kunda nafaqat mahalla obodonchiligi,balki unda yashovchi xalq tafakkurini boyitishda ham turli tadbirlar ishlab chiqilmoqda.Mahalla hamkorligida oilalarning barqarorligini ta’minlash,yoshlar jinoyatchiligini oldini olish ko’zda tutilgan va bir qator qiziqarli musobaqalar tashkil etilgan.Chunki bugunning eng dolzarb masalalaridan biri yosh avlodga munosib tarbiya berishdir.
Albatta,ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boyligimiz bo’lmish ilm-u ma’rifat,ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy garovi deb bilgan.Mahalla esa ana shunday tarbiya o’chog’idir.
Keksalarimiz mahalla-tarbiya o’chog’ining asoschilaridan hisoblanadi.chunki ular hayotning achchiq-chuchugini totib ko’rgan,sinovlarga toblangan,o’z hayotlari davomida ko’rgan-kechirganlari asosida fikr yuritadigan donishmandlardir.
Tarixda shunday ajdodlarimiz yashab o’tganki,ularning puma,no fikrlaridan bugun yurtiniz gullab,yashnamoqda,desak mubolag’a bo’lmaydi.Axir ularning nomlari bejiz tarix zarvaraqlarida zarhal harflar bilan bitilmagan.Jumladan,Amir Temur o’gitlari,Alisher Navoiy bobomiz “Xamsa”si,Avloniy,Cho’lpon,Qodiriy kabi yangilik tarafdorlarining fikrlari bugun o’z qadr-qiymatini topmoqda.
Xalqimizda shuday insonlar ham borki,qo’llariga qalam tutmagan,dunyoga hukmronlik qilmagan bo’lsa-da,hayotiy tajribalari asosida yoshlar tarbiyasida muhim o’rin tuta oladi.Bugungi kunda ular mahalla faxri,ziynati hisoblanadi.Balki shuning uchun yoshlar qatorida ularga ham e’tibor qaratilayotgandir.Chunki joriy yil “Keksalarni e’zozlash yili”deya e’tirof etildi.Mahalla oilalari tarbiyasi uchun ularning o’rni beqiyos.Har bir mamlakat rivoji uchun ularning maslahatlari,albatta,juda muhim.Hatto rivoyatlarda ham keksalarning nasihatlari juda zarurligi qayd etilgan.
Rivoyat qilishlaricha,bir mamalakatning podshosi ishga yaroqsiz keksalarni keraksiz hisoblab,qaysi xonadonda shundaylar bo’lsa ma’lum bir orolga olib borib tashlashlarini buyuribdi.Ammo shunday bir muammoga duch kelibdiki,uni yechishda keksalarning nasihati juda zarurligini his qilib,qilgan ishidan afsus chekibdi.Barchasini uyiga qaytarib,yaxshi yashashlari uchun kengimkoniyatlar yaratib beribdi.Bundan ko’rinadiki,keksalarni har doim e’zozlab,nasihatlatiga amal qilish lozim.
Bizning yurtimizda yuz bilan yuzlashganlar,urush zahrini yutib,bugungi kun tinch hayotidan mamnun bo’lib,o’zgacha shukronalik hissi bilan umrguzaronlik qilayotgan bobo-buvijonlarimiz ko’p.Bizning mo’jazgina Toshqo’rg’on qishlog’imiz mahallalarida ham ana shunday keng fikrli bobo-buvijonlarimiz umrguzaronlik qilmoqda.Biz har doim ularning nasihatlariga mushtoqmiz va ularning borligidan faxrlanamiz.
Axir,bejiz aytishmagan:”Qarisi bor uyning parisi bor”,-deb.
Mening ham har qancha faxrlansam arziydigan,bobo-buvijonlarim bor.Ular kasblar ichida eng mashaqqatlisi bo’lmish ustozlik qilganlar,bugun esa mahallamiz faxriga aylanishgan.Mahallamiz odamlari doim u kishilardan maslahat so’rab turadilar.Men ularning nasihatlarini qiziqarli rivoyatlarini soatlab tinglasamda yana eshitgim kelaveradi.Bobojonim hozirda nafaqada bo’lsalarda doim maktabga borishni kanda qilmaydilar. Maktabdagi ustozlarga o’z maslahatlarini berib,ustozlik mashaqqatli,ammo faxrli kasb ekanligini uqtiradilar,o’quvchilarga Vatan uchun kerakli inson bo’lish lozimliklarini aytishni kanda qilmaydilar.Hatto hayotda qilgan o’z xatolarini ham afsuslanib aytib beradilar va biz bunday xatolarni takrorlamasligimizni chin dildan uqtiradilar.Ular-mahallamiz faxri.Hovli-joyi betartib xonadon egalariga tanbeh berib,yordamga muhtoj oilalarga yordam qo’lini cho’zadilar.
To’y-ma’rakalarda doim qo’llari duoda bo’ladi.
Yurtimizda ana shunday keksalarimiz borligidan faxrlanib yuraylik.Zero, ular yurt tayanchidirlar.Biz ularga munosib farzand bo’lish uchun bergan nasihatlariga doim amal qilaylik.
Men butun vatandoshlarimga,sinfdosh-do’stlarimga oilada bobo va buvilari bilan yashash katta baxt ekanligi,ular biz uchun hayot ato etgan eng katta boylik ekanligi,ularning qadriga yetish,hurmatlarini joyiga qo’yish lozimligi va duolarini olishdek imkoniyatlarimiz borligidan behad xursand bo’lishimiz lozimligini bot-bot takrorlagim keladi.

QASHQADARYO VILOYAT KASBI TUMAN10-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI VIII SINF O’QUVCHISI BEGIMQULOVA FERUZA